
Sneyderning Gollandiya termasidagi xayrlashuv o‘yini 6 sentyabrda bo‘ladi
“Real” va “Inter” jamoalari sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder sentyabr oyida terma jamoa safidagi xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi.
Aniqrog‘i, “uchar gollandlar” 6 sentyabr sanasida Peru terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi. Amsterdamdagi “Yoxan Kroyf Arena” stadionida kechadigan bahs Sneyderning terma jamoadagi 134-o‘yini bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Qatarning “Al-Garafa” klubida faoliyat olib borayotgan Sneyder 2003 yil Gollandiya terma jamoasi safida debyut qilgan. Xavbek 2010 yilgi JChda kumush, 2014 yilgi mundialda va 2004 yilgi qit’a birinchiligida esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar