"So‘g‘diyona"ni mavsumning so‘nggi oyida qanday o‘yinlar kutmoqda?
Hozirgi kunda "So‘g‘diyona" jamoasi “Paxtakor”ga qarshi tayyorgarlik olib bormoqda. Masumning so‘nggi oyida jamoamiz 4 ta o‘yin o‘tkazadi, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
“So‘g‘diyona” oliy liganing 27-turida o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qiladi. Ushbu bahs 3 noyabr(juma) kuni bo‘lib o‘tadi. 28-turda jamoa Namanganga safar qiladi va “Navbahor”ga qarshi 16 noyabr (payshanba)kuni bahs olib boradi. 29-turda jizzaxliklar o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” ni qabul qiladi. O‘yin 21 noyabr(seshanba) kuni o‘tkaziladi va ushbu bahs “So‘g‘dina”ning bu joriy mavsumdagi so‘nggi o‘y uchrashuvi bo‘ladi. “So‘g‘diyona” ning joriy mavsumdagi so‘nggi bahsi safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. 30-turda o‘rin olgan bu bahs 25 noyabr (shanba) kuni Buxoroda o‘tkaziladi.
Yoshlar ligasi bahslari odatga ko‘ra asosiy tarkib bahslaridan bir kun oldin bo‘lib o‘tadi

Fikrlar