"Spartak" 1941 yildan buyon ilk marta o‘z darvozasidan 7ta to‘p o‘tkazib yubordi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi turida “Liverpul” mehmoni bo‘lgan Moskvaning “Spartak” klubi o‘z darvozasidan javobsiz 7ta to‘p o‘tkazib yubordi.

E’tiborlisi, ushbu jamoa o‘z tarixida 3-marta rasmiy uchrashuvda 7ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Aniqrog‘i, 1924 yilda "Krasnaya Presnya" (jamoaning avvalgi nomlaridan biri) Moskvada PKMSFKga 0:7 hisobida imkoniyatni boy bergan. Keyinroq esa “Spartak” nomi bilan atalgan klub 1941 yil “Dinamo”ga 1:7 hisobida yutqazib qo‘ygan. Kecha “Liverpul”dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat esa klub tarixidagi uchinchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!