"Spartak"ni rad etgan Terri "Chelsi"ga qaytishi mumkin

  • 13.09.2018 16:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyalik afsonaviy himoyachi Jon Terri yana "Chelsi"ga qaytishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 37 yoshli futbolchiga “aristokratlar”ning yoshlar jamoasidan birini boshqarish taklifi bildirilgan.

Ma’lumot uchun, Terri asli “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoa safida 1998-2017 yillarda to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Terri Moskvaning “Spartak” klubidan bo‘lgan yaxshigina taklifga rad javobini bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!