Sport kurashlari. Tarixda ilk marotaba qizlarimiz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqishdi
Unda o‘zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishmoqda. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ayollar kurashi bo‘yicha bahslarda sportimiz tarixida ilk marotaba qizlarimiz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining finalida ishtirok etishadi. Aktenge Keunimjaeva (-53kg) va Nabira Esenbaeva (-62kg) bugun oltin medal uchun bahslarda yaponiyalik raqibalariga qarshi gilamga chiqadilar.
Ma’lumot uchun, Aktenge musobaqa davomida Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, AQSh sportchilarini mag‘lubiyatga uchratdi. Nabira esa Qozog‘iston, Belorus hamda Italiya vakillaridan ustun kelib, finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Nabira Esenbaeva shu yili kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida -57kg vazn toifasida va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida -59kg vazn toifasida kumush medalga ega chiqqandi.

Fikrlar