“Sport” telekanalida bugun qaysi o‘yin to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi?

  • 22 may, 2018, 17:17
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Superliga 12-turida “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” va “Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

“Sport” telekanali orqali har ikki uchrashuv ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. Ammo o‘yinlar bir vaqtda, 18.00da boshlanishi tufayli bitta o‘yin jonli efirda va yana biri yozib olingan holda namoyish etiladi. Bu haqda telekanal rasmiy tvitter sahifasi xabar bermoqda. 

Rejaga ko‘ra “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” o‘yini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rsatiladi. “Lokomotiv” – “Qizilqum” bahsi esa yozib olingan holda namoyish etiladi.

18.40. “Qo‘qon-1912” – “Buxoro”. To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda. Sharhda: Eldor MUSTAFOEV.

21.05. “Lokomotiv” – “Qizilqum”. Yozuvda. Sharhda: Zafar QOSIMOV.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!