
Sport vaziri D.Nabiev sportni ommalashtirishni namunaviy asosda Qoraqalpog‘istondan boshladi
Prezidentimiz tomonidan jori yilning 20 sentyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda har yili ommaviy sport tadbirlari respublika taqvim rejasi doirasida “Ta’lim muassasalari haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla haftaligi”, “Nuroniylar haftaligi”, “Yoshlar haftaligi” kabi shiorlar ostida ommaviy tadbirlar o‘tkazish vazifasi berilgan edi.
Shunday haftaliklardan birinchi bo‘lgan “Yoshlar sport haftaligi” Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoki bilan hamkorligida Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida na’muna tarzida tashkil etildi. Haftalik davomida sportning shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, mini futbol, voleybol, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha o‘yinlar tashkil etilib, ularda 200 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etmoqda. Musobaqalar “Turon” stadioni, I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi oldidagi amfiteatr va Baxt uyi oldidagi maydonlarda bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu haftalik respublikamiz barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Sportni ommalashtirishni namuna asosda Qoraqalpog‘istondan boshlagan sport vaziri Dilmurod Nabiev ommaviy sport tadbirlarida maxalla axolisi bilan bevosita o‘zi ishtirok etdi va yosh sportchilar bilan ularning kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashdi.
Vazir, shuningdek, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot tumanlarida axolining barcha qatlamlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida ishlar bilan tanishdi. Maxallalardagi sport bilan oshno bo‘lgan yoshi ulug‘ insonlar bilan bo‘lgan suhbatlarda aholini, ayniqcha, yoshlarni sportga qiziqtirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Fikrlar