Sterling tez orada "Manchester Siti" bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi

  • 1 noyabr, 2018, 22:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi hujumchisi Raxim Sterling “shaharliklar” bilan shartnomasini yana besh yilga uzaytirishga tayyor. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli futbolchining vakillari “siti” rahbariyati bilan yangi shartnoma bandlari borasida kelishib olgan. Yangi kelishuv esa tez orada imzolanigi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sterlingning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2019/20 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum hozircha APLda 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!