Suares "Barselona"dagi taqdiriga oydinlik kiritdi

  • 2 dekabr, 2018, 15:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Denis Suares o‘zining jamoadagi kelajagiga oydinlik kiritdi.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli ispaniyalik futbolchi avval aytilganidek jamoani tark etmoqchi emas. U “Barsa”da qolib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Suaresga "Arsenal", "Milan" va "Chelsi"dan jiddiy qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Denis Suares joriy mavsum “Barselona” safida bor yo‘g‘i 2ta bahsda ishtirok etdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!