Suares "Barselona"dan ketishi uchun 4 ta sabab
"Barselona" muxlislari Luis Suaresni sevishadi, hurmat qilishadi. Ammo u so‘nggi vaqtlarda o‘zidan kutilgan natijalarni ko‘rsata olmayapti, ayniqsa, EChLda.
Shunday ekan, biz urugvaylik futbolchi jamoadan ketishi lozimligi borasida sabablarni izlab ko‘rishga harakat qildik.
1. Yosh

Ushbu mavsum so‘nggida Suaresning yoshi 32 ta etadi. Luisning o‘zi ham jismoniy ko‘rsatkichlari tobora pasayib ketayotganini yaxshi biladi. Ayni vaqtda uning holatiga murabbiylar shtabi tomonidan e’tirozlar bo‘lmayapti, ammo u 2014/15 va 2015/16 mavsumlardagi kabi o‘ynay olmasligi haqiqat.
2. Biznes

Transfermarkt internet nashri Suaresni 70 mln evroga baholagan. Uning transfer narxi bu mavsumning o‘zida ikki marta pastga sho‘ng‘idi. 2017 yilda "Barselona"da to‘qqizinchi raqamga egalik qiladigan futbolchi 90 mln evroga baholangan edi. O‘z navbatida unga "Inter", PSJ kabi jamoalar qiziqish bildirgani haqida xabarlar ham tarqaldi.
Qolaversa, u "Barselona"da eng katta maosh oladigan 5 ta futbolchidar biri sanaladi. Buyog‘i bozor iqtisodiyoti...
3. O‘yin sifati

Natijalar pastlab ketayotgani sir emas. To‘g‘ri, La Ligada Suaresning ishlari yaxshi. U o‘tgan mavsum 25 ta gol urib, 12 ta assistentlik qilgan. 2016/17 yilgi mavsumda esa bu statistika quyidagicha ko‘rinish olgan: 29+14.
Ammo EChLda o‘tgan mavsum Luis bor yo‘g‘i 1 ta gol kiritdi! 2016/17 yilgi mavsumda esa mazkur ko‘rsatkich 3 taga teng bo‘lgan edi. Balki bu jamoa ko‘rsatayotgan natijalarga bog‘liqdir. Boisi, Suares 2014/15 va 2015/16 yilgi mavsumlarda EChLda jami 15 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
4. Messi

Suaresning jamoadan ketishi Messining faoliyati uchun ham ta’sir etishi turgan gap. Messi yana "sohta to‘qqizlik" pozitsiyasiga o‘tib, yana o‘zining ajoyib gollari sonini oshirishi mumkin. Bundan tashqari, uning yoniga yana bir yosh va umidli futbolchi qo‘shiladi.

Fikrlar