Suares Messining natijasini takrorladi

  • 29.10.2018 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchisi Luis Suares kecha "Real"ga (5:1) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

E’tiborlisi, 31 yoshli urugvaylik futbolchi so‘nggi 24 yil ichida o‘tkazilgan El-klasikolarda “Barselona” safida xet-trik qayd etgan Messidan keyingi ilk futbolchi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, argentinalik futbolchi 2007 va 2014 yillarda “qirollik klubi”ga qarshi o‘yinlarda uch martadan raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi jarohati sabab kechagi bahsni o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!