Suhrob Rahimbekov Rossiyadagi debyut jangini g‘alaba bilan boshladi
16 mart kuni Rossiyaning Tula shahridagi professional janglar kechasi tashkil qilindi. Fight Show “Bitva za Tulu” turnirida 24 nafar MMA jangchisi g‘oliblik uchun ringga ko‘tarilishdi.
Kechaning asosiy jangida kikboksing bo‘yicha jahon kubogi sovrindori, boks bo‘yicha Rossiya chempionati bronza medali sohibi Aleksey “Ataman” Maxno va savat va kikboksing bo‘yicha Frantsiya chempioni Dadgji Yastsin kurash olib borishdi.
Shuningdek, ushbu musobaqada olti sport turi bo‘yicha chempion sportchimiz Suhrob Rahimbekov dubyut jangini mezbon jangchisi Sergey Arbuzovga qarshi o‘tkazdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Suhrob dastlab aralash yakkakurash jang san’atlari bilan 2012 yilda shug‘ullana boshlagan va shundan so‘ng jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida zafar quchgan.
Keyinchalik u taekvando sir-asrorlarini o‘rgandi. Sportchimiz yakkakurash sport turlarining jangovar sambo, ushu sanda, kombat aykido, MMA, JIU-JITSU va boshqalarida turli xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Suhrob Rahimbekov g‘olib chiqqan musobaqalar
Jangovar sambo: Xalqaro turnir (Chexiya), Osiyo chempionati (J.Koreya)
Ushu sanda: Jahon chempioni (AQSh), Osiyo chempioni (Toshkent)
Kombat aykido: Osiyo va jahon chempioni
Taekvando: Amerika ochiq chempionati
MMA: Osiyo va Qozog‘iston ochiq chempionati
JIU-JITSU: AQSh ochiq chempionati (5ta NAGA kamari sohibi)

Fikrlar