Sulsher: Bizning maqsadimiz APLni kuchli to‘rtlikda yakunlash emas

  • 29.01.2019 12:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoasining joriy mavsumdagi maqsadi haqida gapirib o‘tdi.

“Kuchli to‘rtlikka kirish bizning orzularimizdan tashqarida. Biz - “Manchester Yunayted”miz va har doim ligani yutish uchun kurashishimiz lozim.

To‘g‘ri, biz bu ishni joriy mavsumda uddalay olmaymiz, ammo kelajakka intilib yashash kerak. Chunki, biz yana avvalgi darajamizga qaytishimiz kerak. Bizda hozircha Chempionlar ligasi va Angliya kubogida g‘olib chiqish imkoniyati saqlanib turibdi. Shunday ekan biz APLda kuchli to‘rtlikka kirish haqida o‘ylamasligimiz kerak.

Ayni damda biz 6-o‘rindamiz va peshqadamlardan ancha ortda qolyapmiz. Endi biz mavsum davomida kuchli uchlikka kirishga harakat qilamiz”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!