Superkubok uchrashuviga OAV vakillari qanday tartibda qo‘yiladi?

  • 21 fevral, 2019, 19:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 23 fevral kuni O‘zbekiston Superkubogi-2019 o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Mamlakat chempioni “Lokomotiv” hamda O‘zbekiston kubogining amaldagi sohibi AGMK jamoalari o‘rtasida kechadigan Superkubok o‘yini poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi va 16:00 da start oladi. Qayd etish joiz, uchrashuv “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi.

Mazkur uchrashuvga tashrif buyurish niyatida bo‘lgan OAV xodimlari 2018 yilgi mavsumdagi akkreditatsion kartalari bilan stadionga tashrif buyurishlari mumkin. Shuningdek, o‘tgan mavsumda PFLda akkreditatsiyadan o‘tmagan, biroq Superkubok bahsini bevosita stadiondan yoritishni istagan OAV vakillariga esa bir martalik akkreditatsion kartalar taqdim etiladi. Buning uchun PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz)ga 22 fevral 17:00ga qadar o‘z ism-familiyangiz va faoliyat olib boradigan nashringiz nomini yozib yuborsangiz etarli.

Bir martalik akkreditatsion kartalar o‘yinoldi matbuot anjumani paytida taqdim etiladi.  2018 yilda akkreditatsiya olgan jurnalistlar esa “Paxtakor” stadioniga o‘zlarida mavjud akkreditatsion kartalar bilan kirishlari mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!