Superliga-2018: 3-tur ramziy terma jamoasi (Foto)

  • 19 mart, 2018, 18:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 16-18 mart kunlari Superliga-2018 uchinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarning natijalari bilan siz saytimiz orqali tanishib borgansiz, albatta.

Biz endi mazkur bahslarda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Quyida SPORTS.uz talqini bo‘yicha 3-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabon: Botirali Ergashev “Navbahor

Himoyachilar: Tomislav Payovich “Navbahor”, Rustamjon Ashurmatov “Bunyodkor”, Slavko Lukich “Nasaf”.  

Yarim himoyachilar: Azizbek Turg‘unboev “Navbahor”, Elguja Grigalashvili “Qizilqum”, Suhrob Nurolloev “Metallurg”, Jasur Hasanov “Nasaf”.

Hujumchilar: Bobir Abdixoliqov “Nasaf”, Bahodir Nasimov “Buxoro”, Ismoil Gonsalvesh “Paxtakor”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!