“Manchester Siti” jahon chempionatiga olib ketmaydigan futbolchi nomini e’lon qildi

  • 8 iyun, 00:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov tez orada o‘zi uchun yangi musobaqa – FIFA tomonidan yangi formatda o‘tkazilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun “Manchester Siti” tarkibida AQShga yo‘l olishi kutilmoqda.

Tecno

Ayni paytda “shaharliklar” yangicha musobaqada qatnashadigan futbolchilar tarkibini shakllantirish bilan band.  Klub  musobaqa tashkilotchilariga jami 35 ta futbolchidan tarkib topgan yakuniy qaydnomani topshirishi kerak. Shunga qaramay, manchesterliklar bu ro‘yxatni hali to‘liq tuzib chiqqani yo‘q.  

Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Xosep Gvardiola bo‘lajak turnirga mashhur futbolchi Jek Grilishni olib ketmaslikka qaror qildi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, klub mutasaddilari angliyalik futbolchiga yozgi transferlar davrida o‘ziga yangi jamoa topishi uchun imkoniyat yaratib berish maqsadida uni AQShga olib ketmaydi.

Yaqinda Xosep Gvardiola kelasi mavsum oldidan Jek Grilish bilan xayrlashishga tayyorligini aytgan edi. “Manchester Siti” Angliya futbolining eng yorqin talantlaridan hisoblangan Grilishni 2021 yili yozda rekord summa – 117,5 million evroga xarid qilgan.

Bir necha mavsum davomida “Aston Villa” etakchisi sifatida porlagan Grilish Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘zining yuqori darajasiga ko‘tarila olmadi. Ayniqsa, oxirgi ikki mavsumda 29 yoshli hujumkor futbolchining harakatlari klubdagi umuman qoniqtirgani yo‘q.

Grilishning klub bilan kelishuvi yana ikki yil davom etadi. “Manchester Siti” o‘yinchiga Angliya Premer-ligasining o‘zidan va xorijdan taklif chiqishini kutyapti. Biroq transfer bo‘yicha ekspertlar Jekning yoshi va maoshi kattaligini inobatga olib, bu o‘yinchi o‘ziga yangi jamoa topishi qiyinligini ta’kidlamoqda.

Tajribali hujumkor futbolchi yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 32 marotaba maydonga tushib, uchta gol urdi xolos. Ayniqsa, uning atigi etti marta boshlang‘ich tarkibga jalb qilingani Xosep Gvardiola va murabbiylar shtabi bu futbolchidan umid uzganidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, Jek Grilish Angliya milliy terma jamoasi asosiy tarkibidagi joyini ham yo‘qotgan. Tajribali futbolchi terma jamoaning oxirgi to‘rtta o‘yinida qaydnomaga ham kiritilmadi.

Shunga qaramay, ta’kidlash lozimki, Jek Grilish o‘zbekistonlik jamoadoshi Abduqodir Husanov bilan do‘stona aloqaga ega. Mashhur futbolchi yaqinda Abduqodirga videoxabar yuborib, hamyurtimizni nikoh to‘yi bilan tabrikladi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 15 iyun kuni start oladigan va dunyoning barcha mintaqalaridan 32 ta jamoa qatnashayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining “G” guruhidan joy olgan.

Gvardiola shogirdlari bu kvartetdan chiqish uchun Italiyaning “Yuventus”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” va Marokashning “Vidad” jamoalari bilan raqobatlashadi. Qoidaga ko‘ra, har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar pley-offga chiqib, bosh sovrin uchun yurishni davom ettiradi.

Fayzullaev o‘zini "qiynagan" murabbiydan qutildi!

O‘zbekistondek mundialga chiqish uchun futboldan begona odamlarni yo‘qotish kerak!

Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi muhim qarorga bog‘liq?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
08/06/2025 11:57
Зззз