
Sven-Yoran Eriksson Kamerun terma jamoasini boshqarishi mumkin
Shvetsiyalik mashhur mutaxassis Sven-Yoran Eriksson Kamerun futbol federatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Kamerun futbol federatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 70 yoshli mutaxassis 3 kun davomida ushbu mamlakatda bo‘lib qaytgan. Kamerunga esa tez kunlarda yangi bosh murabbiy kelishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Eriksson Iroq terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Sven-Yoran Erikssonning so‘nggi ish joyi Xitoyning “Shenchjen” klubi bo‘lgan. U ushbu jamoadan bir yil muqaddam iste’foga chiqarilgan.
Fikrlar