Taekvondochilarimiz Moskvadagi turnirda ishtirok etishmoqda
Rossiya Federeatsiyasi poytaxti Moskva shahrida «Russian Open» G-1 xalqaro musobaqasi o‘tkazilmoqda. Unda o‘zbekistonlik taekvondochilar ham ishtirok etishmoqda. Bu haqda O‘zbekiston MOQ xabar tarqatmoqda.
Bellashuvlarda terma jamoamiz quyidagi tarkibda qatnashmoqda:
-55kg: Faridun Shodiboev
-52kg: Umida Hasanova
-78kg: Abdulaziz Mahmudov
-63kg: Abdulaziz Hamidullaev
-63kg: Abdullajon Shomurodov
+78kg: Ibrohim Turg‘unov
Kattalar o‘rtasidagi bahslarda esa Ibrohim Ahmadov, Abdulaziz G‘aniev va Diyorbek Mo‘ydinov yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Hozircha -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz Abdullajon Shomurodov va Abdulaziz Hamidullaevlar bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Fikrlar