
Tanish-bilishchilik Frantsiyada ham bor yohud Riberi ukasini futbolchi qilish uchun 35 ming evro to‘lagan
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi ukasi Fransuaga Frantsiya 3-dvizionida ishtirok etuvchi jamoada o‘ynashi uchun yordam bergani ma’lum bo‘ldi.
Gap shundaki, 34 yoshli futbolchi “Bayonna” klubiga o‘yin litsenziyasini olishi uchun ketgan harajatlarni qoplashga 33-35 ming evro o‘tkazib bergan. 2010 yilda bo‘lib o‘tgan ushbu voqeani agent Kristof Xatt o‘z kitobida oshkor qildi.
“Bayonna” klubi xo‘jayini Jan-Per Meynard ham jamoa Riberidan ushbu mablag‘larni olganligini tasdiqladi.
30 yoshli Fransua Riberi esa bu jamoada bor yo‘g‘i 3ta uchrashuvda maydonga tushdi. Jarohatlar girdobiga tushib qolgan futbolchining asosiy vaqti davolanishga ketdi.
Fikrlar