
Taqdirmi yoki tasodif? G‘uzordagi bahsni yana Ro‘ziev boshqaradigan bo‘ldi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi 8-turda ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 29 aprel kuni G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan “Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini Hasan Ro‘ziev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi.
Qo‘qonliklar matbuot xizmatining qayd etishicha, o‘tgan mavsumda ham bu jamoalarning G‘uzorda o‘tkazilgan uchrashuvini Hasan Ro‘ziev boshqargan. Umuman olganda, ushbu hakam o‘tgan yili jamoamiz ishtirokidagi to‘rtta uchrashuvda ishlagan.
Oliy liga, 8-tur
«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
Hakamlar: H. Ro‘ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O‘zPFL vakili: B. Mametov.
Fikrlar