“Tashkent Challenger”. Istomin qancha mukofot puliga ega chiqdi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin “Tashkent Challenger” turnirini yarim final bosqichida yakunladi.

U bu bosqichda ispaniyalik Gillermo Garsiya-Lopesga imkoniyatni boy berdi. Turnir reglamentida yarim final bosqichiga etib kelgan tennischilar 7530  AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega chiqishadi.

Bundan tashqari, final ostonasida qoqilgan Denis ATP reytingi uchun 45 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!