
Temur Qo‘yboqarov grossmeysterlik ballini qo‘lga kiritdi
Avstraliyaning Brisben shahrida shaxmat bo‘yicha 2017 Australian Open Championship xalqaro turniri o‘tkazildi.
Dunyoning 15 mamlakatidan kelgan 103 nafar ishtirok etgan ushbu musobaqada hamyurtimiz Temur Kuybokarov ham ishtirok etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
11 imkoniyatda 8,5 ochko jamg‘argan 16 yoshli xalqaro sport ustasi 10-turda turnir favoritlaridan hisoblangan misrlik Odil Ahmad ustidan g‘alaba qozondi.
Qayd etish joiz, sportchimiz ushbu g‘alabasi orqali ilk grossmeyosterlik ballini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar