Tiago Bezerra nega "Paxtakor"ni emas aynan Qatar klubini tanlagani ma’lum bo‘ldi

  • 30 yanvar, 2019, 12:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor o‘tgan mavsum Superliganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "Paxtakor" hujumchisi Tiago Bezerra yaqinda Qatarning "Al Xor" klubi bilan shartnoma imzoladi. U yangi mavsumni ham "sherlar" safida o‘tkazishi mumkin edi. Ammo, qatarliklar unga ko‘proq mablag‘ taklif qilishgan. Bu haqda "Paxtakor" sport direktori Ja’far Irismetov SPORTS.uz muhbiri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi.

Tecno

- Jamoaning o‘tgan yilgi to‘purari Tiago Bezerra Qatar klubiga o‘tib ketdi. Uni olib qolishning iloji bo‘lmadimi?

- Bezerraning biz bilan tuzgan shartnomasi tugagandi. Lekin uni osonlikcha qo‘yib yuborishni istamadik va jamoada olib qolish uchun oxirigacha kurashdik. Afsuski, Tiago bilan baribir kelisha olmadik. U Qatar klubini tanladi. Biz esa Qatar jamoalari bilan moliyaviy tomondan raqobatlasha olmaymiz. Lekin biz oxirigacha unga eng yaxshi taklif bilan chiqdik. Ammo qatarliklar bizdan ko‘ra ko‘proq pul taklif qilgani uchun ularga o‘tib ketdi. Ammo uning “Paxtakor”ga qaytib kelishini juda xohlagandik.

Suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!