
Tibo Kurtua "Chelsi"dan yangi shartnoma talab qilmoqda
“Chelsi” klubi darvozaboni Tibo Kurtua londonliklar bilan yangi shirtnoma tuzishni xohlamoqda.
– Mening klub bilan amaldagi kelishuvim 2 yildan so‘ng yakunlanadi. Shunday ekan, o‘z-o‘zidan men jamoa bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishim lozim. Ayni paytda men uchun muhimi milliy terma jamoa bilan mavsumni yaxshi yakunlab olishim kerak. Balki, shundan so‘ng klub rahbariyati agentim bilan gaplashib olar, – deydi Kurtua Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Qayd etish lozim, belgiyalik futbolchining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar