
Timo Verner mavsum yakuniga qadar kutmoqchi
Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi forvardi Timo Verner o‘zining kelajak faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
90min.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli futbolchi mavsum yakuniga qadar jamoada qoladi va shundan so‘nggina boshqa klublarning takliflarini ko‘rib chiqadi. Unda shuningdek "Leyptsig" bilan shartnomani uzaytirish varianti ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Vernerga Myunxenning "Bavariya" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Verner joriy mavsum jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning narxi 65 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar