Tobi Alderveyreld: "Tottenxem"da qolganimdan xursandman

  • 9 yanvar, 2019, 22:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Tobi Alderveyreld jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

“Tottenxem”da yana bir yil qolishimdan xursandman. Bu mening shartnomamda belgilab qo‘yilgan edi va “shporlar” bundan foydalanib, menga ishonch bildirishganidan xursandman.

Muxlislar har doim “Tottenxem” uchun 100% kuchimni berib harakat qilishimni bilishadi. Men har doim maydonga chiqqanimda shunday harakat qilaman. Jamoaga yordam berish uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Alderveyreldning "Tottenxem" bilan avvalgi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etar edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!