Tojikistondagi legionerlarimizda nima gaplar?

  • 2 aprel, 2018, 20:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dam olish kunlari Tojikiston Oliy ligasida 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Furqatjon Hasanboev to‘p tepadigan «Xo‘jand» klubi safarda «Barqchi» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hasanboev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 65-daqiqada zahiraga olindi.

Bir yo‘la uch nafar hamyurtlarimiz faoliyat olib boradigan «Regar-TadAZ» jamoasi amaldagi chempion – «Istiqlol» maydonida 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Sirojiddin Allaev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Eldor Ergashev va Islombek Boyto‘raevlar esa zahiradan maydonga tushdi.

Tojikiston Oliy ligasi. 3-tur

«Barqchi» – «Xo‘jand» – 0:1 

Gol: Xurshid Beknazarov, 69. 

«Xo‘jand»: Aleksey Matrosov, Manuchexr Axmedov, Dalerjon Tuxtasunov, Xurshid Beknazarov, Xasan Rustamov, Baxtiyor Choriev, Exson Boboev (Farxod Toxirov, 76), Xikmatullo Rasulov (Mexroj Sharifzoda, 59), Furkatjon Xasanboev (Dilshodjon Karimov, 65), Agbley Jons, Jaxongir Ergashev.


«Istiklol» – «Regar-TadAZ» – 2:1 

Gollar: Sheriddin Boboev, 15 (1:0). Exsoni Panjshanbe, 33 (2:0). Xayrullo Azizov, 69 (2:1). 

«Regar-TadAZ»: Rustam Rizoev, Oybek Abdug‘afforov, Sirojiddin Allaev, Dorob Ergashev (Islombek Boyturaev, 46), Akbar Bobomurodov, Safarali Karimov, Vaysiddin Safarov, Xayrullo Azizov, Firuz Karaev (Amirjon Safarov, 46), Baxtiyor Azimov, Firuz Raxmatov (Eldor Ergashev, 60).


TsSKA «Pomir» – «Ko‘ktosh» – 0:0 

«Kuktosh»: Baxoviddin Xolikov, Abdurasul Raxmonov, Faxriddin Safarzoda, Shoxnazar Nazarov, Muxammadsharifi Saidxodja, Axtam Xolboev (Azizbek Sultonov, 85), Odil Bobonazarov (Maxmadali Sodikov, 46), Muxammadjon Raxmonov, Prints Artur, Idan Okran, Muxiddin Odilov (Nodirbek Ibragimov, 75).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!