Toshkent Gran-prisi: Gulnoza Matniyozova va G‘iyosiddin Boboev oltin medal uchun kurashadi va kunning boshqa natijalari
Poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha Toshkent gran-prisining ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 4 vazn toifasida bahs olib borishmoqda. Erkaklar o‘rtasida -73 va -81 kg vazn toifalarida bahslar davom etyotgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida -63 va- 70 kg vazn toifasida bellashuvlar o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib kelmoqda.
Xususan, - 73 kg vazn toifasida Hikmatulloh To‘raev slovakiyalik Martin Xojak bilan bronza medali uchun tatamiga ko‘tarilsa, G‘iyosjon Boboev oltin medal uchun qozog‘istonlik Jansay Smagulov bilan bahslashadi.
Shuningdek -81 kg vazn toifasida ikki nafar vaqilimiz, Sharofiddin Boltaboev va Kamoliddin Rasulovlar bronza medali uchun kurashadi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa – 70 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Gulnoza Matniyozova oltin medal uchun daniyalik Emiliya Sukka qarshi tatamiga ko‘tariladi.
Fikrlar