Toshkent derbisi oldidan: “Paxtakor” 5 , “Bunyodkor” 7 marta g‘alabaga erishgan

  • 15 may, 2017, 15:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Oliy liganing 11-turida “Paxtakor” jamoasi “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi. “Sherlar” matbuot xizmati Toshkent derbisi oldidan jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlar haqida ma’lumot berdi.  

"Bunyodkor"ga qarshi bellashuvlar raqib oliy ligaga chiqqandan beri murosasiz ruhda kechadi. Bu safar ham bundan mustasno bo‘lmasligi tabiiy. Jamoalar diskvalifikatsiya bilan bog‘liq yo‘qotishlarsiz maydonga tushishadi.

Hozirga qadar chempionatlar doirasida 20 uchrashuv kuzatilgan. Jamoamiz 5 g‘alabaga erishgan bo‘lsa, raqib 7 bellashuvda ustun kelgan. 8 o‘yinda durang natija qayd etilgan. "Bunyodkor" maydonidagi bellashuvlarda mezbonlar 6 bor zafar quchishgan. 2 marta "Paxtakor" yutuqqa erishgan va yana 2 uchrashuv durang bilan tugagan. "Bunyodkor" 24 to‘p kiritgan bo‘lsa, "sherlar" jami 18 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilganlar.

Uchrashuvda Hasan Ro‘ziev boshchiligidagi hakamlar ishlashadi.

"BUNYoDKOR" – "PAXTAKOR"

Hakamlar: Hasan Ro‘ziev (Toshkent), Olim Abduvosilov (Toshkent), Sanjar Shoyusupov (Toshkent), Akmal Ergashev (Toshkent).

Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent).

PFL vakili: Sanjar Rizaev.

Yoshlar tarkiblari o‘yini 16 may, seshanba kuni 17:00da "Bunyodkor" futbol akademiyasi maydonida boshlanadi. Asosiy jamoalar uchrashuvi 17 may, chorshanba kuni 19:00 da "Bunyodkor" stadionida start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!