“Toshkent open – 2018”: Birinchi davra bahslari boshlandi

  • 24 sentabr, 2018, 09:00
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) musobaqalar taqvimidan joy olgan “Toshkent open – 2018” xalqaro turnirida asosiy to‘r bahslarining birinchi davrasi start oldi.

Tecno

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tayotgan turnirda mamlakatimiz sharafini Nigina Abduraimova hamda Sabina Sharipova himoya qilmoqda.

Bugun musobaqaning yakkalik bahslarida Sabina Sharipova ikl uchrashuvni rossiyalik Margarita Gasparyanga qarshi o‘tkazadi.

Nigina Abduraimova esa juftlik bahslarida rossiyalik Anna Kalinskaya bilan rus tennischilari – M.Gasparyan va Anastasiya Potapovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!