Toshkentda “Hamdo‘stlik kubogi – 2018” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi

  • 26 oktabr, 2018, 09:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Xususan, Toshkentning “Spartak” klubi bilan hamkorlikda “Hamdo‘stlik kubogi – 2018” musobaqasi tashkil qilinmoqda. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Ushbu musobaqada yurtimiz jamoalari bilan birgalikda qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan jamoalarning 14 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari ishtirok etishadi. Musobaqa 1 noyabrdan 7 noyabr kuniga qadar davom etadi.
 
“Spartak”, “Spartak 2”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” jamoalari yurtimiz sharafini himoya qilishsa, qo‘shni respublikalardan “Ontustik akademiyasi” (Qozog‘iston), BJMORSM №8 (Qozog‘iston), “Akademiya YuG” (Qirg‘iziston), “Ilbirs” (Qirg‘iziston), “Guliston” (Tojikiston), “Xo‘jand” (Tojikiston), DYuSShKBGO (Rossiya) jamoalari ishtirok etishadi.
 
Qur’a natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi guruhlardan joy olishdi:
 
“A” guruhi
 
“Paxtakor”
“Lokomotiv”
“Ontustik akademiyasi”
“Akademiya YuG”
 
“V” guruhi
 
“Bunyodkor”
“Spartak 2”
“Guliston”
“Ilbirs”
 
“S” guruhi
“Spartak”
DYuSShKBGO
BJMORSM №8
“Xo‘jand”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!