
"Tottenxem" "Barselona"dan JCh-2018da porlagan futbolchini sotib olmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Yerri Mina faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli kolumbiyalik futbolchiga Londonning “Tottenxem” klubi xaridor bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” JCh-2018 boshlanishidan avval Minani sotib yuborishi haqida e’lon qilgan edi. Biroq, futbolchi Kolumbiya terma jamoasi safida JCh-2018da yorqin o‘yinlar namoyish etganidan so‘ng “Barselona” rahbariyatining ham fikri o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Qolaversa Minaning o‘zi ham “Kamp Nou”da qolishni istamoqda.
Fikrlar