"Tottenxem" qishda Italiya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 19.11.2018 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi "Kalyari" yarim himoyachisi Nikola Barellaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra “shporlar” 21 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosi uchun A Seriya klubiga naqd 40 mln evro to‘lashga tayyor. Ma’lumotlarga qaraganda ushbu kelishuv qishki transferlar davridayoq amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Barella joriy mavsum “Kalyari” safida jami 13ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!