Tunis termasi ustozi Qatarda ish boshladi

  • 13 iyul, 2018, 11:44
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

JCh–2018 turnirida Tunis terma jamoasini boshqargan Nabil Maalul o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda L`Equipe nashri xabar bermoqda.

55 yoshli mutaxassis o‘z faooiyatini Qatarda davom ettiradigan boshladi. Nabil Maalul “Al-Duhayl” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Maalul 2017 yilning aprel oyida Tunis termasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. U mamlakat termasini mundialga olib chiqqan ikkinchi tunislik murabbiy sifatida tarixda qoldi.

Ma’lumot uchun, Tunis termasi JCh–2018 turnirida Angliya (1:2) va Belgiya (2:5) terma jamoalariga mag‘lub bo‘lib, hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan so‘nggi turda Panamani 2:1 hisobida taslim qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!