
UEFA Myullerni 2ta o‘yinga chetlatdi, qarordan norozi bo‘lgan "Bavariya" apellyatsiya bermoqchi
UEFA tartib-intizom qo‘mitasi "Bavariya" forvardi Tomas Myullerni "Ayaks"ga qarshi o‘yinda ishlatgan qo‘polligini jiddiy jazoladi.
Tashkilot 29 yoshli germaniyalik futbolchini 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Shu bois endi Myuller EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Ammo, keyinroq ma’lum bo‘ldiki myunxenliklar rahbariyati UEFAning qarori yuzasidan apellyatsiya berishmoqchi. Ular hech bo‘lmaganda diskvalifikatsiya muddatini bitta o‘yinga qisqartirishni ko‘zlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Bavariya” qarama-qarshiligi dastlab 19 fevral kuni “Enfild”da, javob bahsi esa 13 mart kuni “Alyants Arena”da o‘tkaziladi.
Fikrlar