
UEFA "Seltik"ni jazoladi
Chempionlar ligasining ilk turidan o‘rin olgan «Seltik» - «PSJ» (0:5) o‘yinida, mahalliy muxlis maydonga tushib kelib, Kilian Mbappega tashlangan edi.
BBC xabariga ko‘ra, UEFA intizom qo‘mitasi o‘yin paytida xavfsizlik choralarini ta’minlay olmagani uchun «Seltik»ni 10 ming evro miqdorida jarimaga tortdi.
Avvalroq, «Seltik» muxlisni jamoa o‘yinlariga tashrif buyurish huquqidan mahrum qilgan edi.
Fikrlar