
UEFA superkubogining navbatdagi mezbon shaharlari aniqlandi
Navbatdagi ikki UEFA Superkubogi finaliga mezbonlik qilayotgan shaharlarga aniqlik kiritildi.
Unga ko‘ra, 2019 yilgi superkubok bahsi Istanbuldagi “Vodafon-Arena” stadionida 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 2020 yilgi bahsga esa Portudagi “Dragau” stadioni mezbonlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Tallindagi UEFA superkubogi bahsida “Atletiko” “Real”ni 4:2 hisobida mag‘lub qildi.
Fikrlar