UFC: Xabib Nurmagomedovning navbatdagi raqibi rasman tacdiqlandi (video)
Rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Xabib Nurmagomedov o‘zining navbatdagi jangini 4 mart kuni amerikalik Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi.
Mazkur to‘qnashuv UFC 209 musobaqasi doirasida Las-Vegasda tashkil qilinadi. Mmafighting nashri tarqatgn xabarga ko‘ra, tomonlarning rasmiy vakillari shartnoma imzolashgan.

Kelishuvga ko‘ra, jang 5 raund davom etadi. Jang g‘olibi engil vazn toifasining vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi. Vaqtdan unumli foydalanish maqsadida Nurmagomedov tayyorgarlikni boshlash maqsadida jamoasi bilan AQShga jo‘nab ketgan.
– Do‘stlarimiz bilan AQShga uchamiz. Barcha janglar mart oyida. Nasib qilsa faqat g‘alabani qo‘lga kiritamiz, – deb yozadi Xabib o‘z tvitterida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kamarga irlandiyalik Konor MakGregor to‘liq egalik qilmoqda.
Quyida jang anonsi bilan tanishing:

Fikrlar