
UFC Xabib va Konorning jangidan qancha daromad topganini e’lon qildi
UFC Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor ishtirok etgan UFC 229 turniridan qancha daromad topganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, promoushen ushbu turnirda rekord 86,4 million dollar foyda ko‘rishgan.
Musobaqani to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib borish uchun Las-Vegasga 20 ming muxlis tashrif buyurgan. Chiptalar sotishdan promoushen 17 million dollar daromad topgan.
Aytib o‘tish joizki, turnir tashillashtirishda UFC Nevada shtatiga 3,7 million dollar investitsiya kiritib 414 ish joyi yaratib bergan.
Fikrlar