Uayt: Usikni bir necha raundlar davomida zarbalarim ostida ushlab turardim

  • 13 noyabr, 2018, 15:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Britaniyalik og‘ir vaznli bokschi Dillian Uayt birinchi og‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik bilan kuch sinashishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Tecno

- Usik ohir vazn toifasiga o‘tishni xohlayotganini aytib o‘tgandi. Biroq, og‘ir vaznli bokschilar qolganlardan ko‘ra, kuchliroq ekanligini bilishi darkor. 

Agar men unga qarshi ringga ko‘tarilganimda, Belyuning xatolarini takrorlamagan bo‘lardim. Men ringning har tomonidan xujum qilishga harakat qilardim.

Shuni aytishim joizki, Usik meni bir zarba bilan yiqita olmaydi. Uni bir necha raundlar davomida qiynardim va zarba berishda to‘htamasdim. Agar Aleksandr katta shou uyushtirishni xohlasa men bunda ishtirok etishga tayyorman, - dedi Uayt.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!