Ueyn Runi - David Vilya qarama-qarshiligida ingliz futbolchisi ustun keldi

  • 22 oktabr, 2018, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Di-Si Yunayted" klubi MLSning navbatdagi turida o‘z maydonida "Nyu-York Siti"ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

E’tiborlisi, "Di-Si Yunayted" safidagi angliyalik mashhur hujumchi Ueyn Runi shu kuni o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘yishga erishdi. Ularning yana bir goliga Lusiano Akosta mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob golini afsonavi David Vilya kiritdi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Runi joriy mavsum MLSda jami 19ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 12ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. 36 yoshli Vilya hisobida esa 23ta o‘yindan so‘ng 13ta gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!