
Ukrainadagi yig‘in yakunlandi, endi navbat Bolgariyaga
Sport turlari bo‘yicha jamoalarimiz litsenzion musobaqalarga jiddiy hozirlik ko‘rishmoqda. Shu jumladan og‘ir atletikachilarimiz ham.
Avval xabar berib o‘tganimizdek, polvonlarimiz xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining dastlabkisini 17 yanvar – 9 fevral kunlari Ukrainaning Kamenets-Podolskiy shahrida olib borishdi. Bugun yigitlarimiz MOQ strategiyasi asosida tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini o‘tkazish uchun Bolgariyaga yo‘l oladilar. U erda mashg‘ulotlar 4 martga qadar davom etadi. Yig‘in O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov boshchiligida olib borilmoqda.
Ushbu yig‘inlarda terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:
Sportchilar:
Farhod Sobirov
Adhamjon Ergashev
Sunnatulla O‘sarov
Muhammadqodir Toshtemirov
Rustam Djangabaev
Akbar Jo‘raev
Doston Yoqubov
Murabbiylar:
Bahrom Mendibaev
Erjas Boltaev
Massajchi:
Obiddin Muslimov.
Fikrlar