Ulug‘bek Baqoev kelgusi mavsum "Buxoro"ni boshqarmaydi, u bo‘shash haqida ariza yozdi

  • 30 noyabr, 2018, 22:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek bugun Superliganing so‘nggi turidan o‘rin olgan bahslar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, "Metallurg" maydoniga safar qilgan "Buxoro" kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Tecno

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida buxoroliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev iste’foga chiqish bo‘yicha ariza yozganini aytdi.

"Bevosita mavsum haqida gapiradigan bo‘lsam u ikkiyoqlama taasssurot qoldirdi. Jamoamizda ko‘tarilishlar ham, pasayishlar ham kuzatildi. Eng asosiysi kuchlilar qatoridan joy egalladik.
Mana bugungi o‘yin bilan 2018 yilgi chempionat yakuniga etdi. Men uchun murabbiy sifatida ikkinchi mavsum bo‘ldi. Jamoam bilan bu yil ham o‘tgan yildagi kabi 6-o‘rinni egalladik. Bu yilgi chempionat o‘ziga yarasha qiziq va shiddatli o‘tdi deyish mumkin. Mavsum davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga, rahbariyatga hamda futbolchilarimga va klub xodimlariga tashshakur deyman. O‘zimga kelsak, murabbiylik sohasida yana ko‘proq izlanishim o‘qishim kerak deb hisoblayman. Shu sababli bugun jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shash arizasini yozishga qaror qildim. Bu qarorga kelishim juda og‘ir bo‘ldi. Men o‘z yurtimni, o‘z shahrimni va futbolda o‘tgan yillarimda men bilan birga bo‘lgan barchani yaxshi ko‘raman. Meni futbolchi bo‘lib etishishimda Buxoroning o‘rni katta. Shu erda ulg‘aydim, futbol sabab boshqa yurtlarda ham to‘p tepdim. Orzu qilardimki, bir kun kelib shu jamoada murabbiy bo‘lishni. Mana orzularim amalga oshib ikki yil jamoani boshqardim. Shu ikki yilda Buxoro uchun yurakdan mehnat qildik. Jamoa har ikki mavsumda chempionat etakchilariga qarshi munosib raqobat ko‘rsata oldi. Bugungi qarorimni barcha to‘g‘ri tushunadi degan, umiddaman. Buxoro hamisha qalbimda yashaydi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman", - deydi Ulug‘bek Baqoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
01/12/2018 18:18
Бакоевни Умид Ахмаджонов синдирди,хеч нимадан хеч нима йук ярим миллиард сумга жаримага тортди.