
"Uotford" "Lester" ertagini takrorlaydimi?
"Uotford" klubi bu borgan sari "Lester"ning chempionlik yo‘lini takrorlamoqda.
Gap shundaki, 2014/2015 yilgi mavsumda "tulkilar" 41 ochko to‘plab (11ta g‘alaba, 8ta durang, 19ta mag‘lubiyat) APLni 14-o‘rinda yakunlashgan va kelasi mavsum afsonaviy tarzda premer-liga chempionligini qo‘lga kiritishgan edi.
E’tiborlisi, "Uotford" ham o‘tgan mavsum 41 ochko to‘plab (11ta g‘alaba, 8ta durang, 19ta mag‘lubiyat) APLni 14-o‘rinda yakunladi. Bu mavsum esa hozircha o‘tgan 4ta turning barchasida g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etdi.
Bu juda o‘xshash. To‘g‘rimi?
Fikrlar