
Useyn Bolt: MYu bugun "Yuventus" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonadi
Engil atletika bo‘yicha ko‘p karra olimpiada o‘yinlari chempioni, ayni damda esa Avstraliyaning "Sentral Kost Mariners" klubida professional futbolchilik faoliyatini olib borayotgan Useyn Bolt bugun EChLning 3-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" hamda "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi bahs oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bugun super o‘yin kutyapman. Chunki, bugun ikki ajoyib jamoa muhim musobaqada o‘zaro bahs olib borishadi. Hozir A Seriyada “Yuventus”ning ishlari ajoyib, “Manchester Yunayted”ning esa APLdagi holati u qadar maqtagudek emas. Ammo, men baribir o‘z fikrimda qolaman. “Yunayted” o‘z maydonida o‘ynaydi va ustunlik ular tomonda. “Old Trafford”da o‘ynashning mehmonda o‘ynashdan farqi juda katta. Bu o‘yinda ko‘p gol bo‘lishini kutmayapman, menimcha MYu 1:0 hisobida g‘alaba qozonadi”, - deydi yamaykalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” – “Yuventus” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar