Useyn Bolt Maradona qo‘l ostida to‘p surishi mumkin

  • 21.11.2018 15:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Yamaykualik mashhur sprinter Useyn Bolt ayni damda Meksikaning "Dorados" klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli sportchi agarda ushbu klub bilan kelishuvga erisha olsa, Diego Maradona qo‘l sotida shug‘ullanishi mumkin. Boisi, "Dorados" klubiga ayni damda Maradona ustozlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bolt bundan avvalroq Avstraliyaning "Sentral Kost Mariners" va Maltaning "Valletti" klublaridan bo‘lgan takliflarni rad etgan edi. Uning orzusi "Manchester Yunayted"da o‘ynash.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!