“Uzbek Tigers” jamoasining to‘liq tarkibi bilan tanishing

  • 6 yanvar, 2017, 10:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, 3 fevral kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB) VII mavsumiga start beriladi. Musobaqaning “S” guruhida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Uzbek Tigers” jamoasi ilk jangini safarda Xitoyning China Dragons” jamoasi bokschilariga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Yangi mavsum uchun jamoa tarkibi 10 vazn toifasiga ajratilgan bo‘lib, har bir vaznda 3 nafar nomzod kiritilgan va jami 30 nafar bokschi o‘rin olgan.

Tarkibdan Rio-2016 g‘olib va sovrindorlari bilan bir qatorda o‘tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan bokschilar bor. Shuningdek, bir necha yangi nomlarni ham ko‘rishimiz mumkin.

Elnur Abduraimov - Uzbek Tigers

Eslatib o‘tamiz, bokschilar ayni damda Toshkent viloyatidagi Yangiobod o‘quv-mashg‘ulot bazasida tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Birinchi bosqich mashg‘ulotlari 19 yanvargacha davom etadi.

“Uzbek Tigers” to‘liq tarkibi bilan tanishing:

49kg
    Hasanboy Do‘smatov 
    Mironshoh Ibragimov
    Nodirjon Mirzaahmedov



52kg
    Abrorjon Qodirov
    Hasanboy Latiboxunov
    Sirojiddin G‘ulomjonov



56kg
    Shahobiddin Zoirov
    Abdulhay Shorahmatov
    Mirazizbek Mirzahalilov



60kg
    Murodjon Axmadaliev
    Ulug‘bek Komilov
    Ulug‘bek Do‘smurodov



64kg
    Elnur Abduraimov
    Iqboljon Xoldorov
    Aliyor Noraliev



69kg
    Shahram G‘iyosov
    Fazliddin Meliboev
    Odiljon Aslonov



75kg
    Isroil Madrimov
    Maxmud Gaipov
    Ulug‘bek Haqberdiev



81kg
    Bektemir Meliqo‘ziev
    Zuhriddin Mahkamov
    Madiyar Saidrahimov



91kg
    Boburbek Yo‘ldoshev
    Sardorbek Begaliev
    Sardor Yormuhammedov



+91kg
    Bahodir Jalolov
    Mirzobek Hasanov
    Aslbek Soliev

Ma’lumot uchun: WSB butun dunyoda 10 vazn toifasida eng yaxshi havaskor bokschilar o‘rtasida professional darajadagi musobaqa hisoblanadi. WSBning barcha bokschilarida o‘z yurti sharafini himoya qiladi. Har bir jangda g‘oliblar professional boksdagi kabi uchta hakam tomonidan qo‘yilgan ochkolar bo‘yicha aniqlanadi. Shuningdek, bunda nokaut, texnik nokaut yoki rad etish ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!