
“Valensiya” bu safar “MYu” himoyachisini "nishonga oldi"
“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Markos Roxo “Valensiya” jamoasining jiddiy qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Ispaniyalik “ko‘rshapalaklar” Argentina terma jamoasi a’zosi uchun 16 million evroning bahridan kechishga tayyor. Biroq, o‘z navbaida “MYu” rahbariyati ham iqtidorli futbolchisini qo‘yib yuborishni istamasligi tabiiy.
Eslatib o‘tamiz, Roxo “Manchester Yunayted” sharafini 2014 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. 26 yoshli futbolchi bu mavsum premer-ligada 9ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Fikrlar