Valentin Kovalenko Xitoy - KXDR uchrashuvini boshqaradi

  • 15 dekabr, 2017, 14:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Shu yilning 6-16 dekabr kunlari Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi (EAFF) tomonidan Yaponiyaning Tokio shahrida terma jamoalar ishtirokida musobaqa o‘tkazilmoqda.

Ertaga ushbu musobaqadan o‘rin olgan Xitoy - KXDR va Yaponiya - Janubiy Koreya terma jamoalari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada ishlash uchun o‘zbekistonlik hakamlar Valentin Kovalenko va Ruslan Serazitdinov taklif olgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Valentin Kovalenko ertaga Xitoy - KXDR uchrashuvini boshqaradi. Ruslan Serazitdinov esa yon hakam sifatida ishlaydi.

Ushbu musobaqa bir vaqtda ayollar jamoalari o‘rtasida ham o‘tkazilmoqda. O‘zbekistondan taklif etilgan Edita Mirobidova ertaga Janubiy Koreya - Xitoy uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlasa, unga qanotda yana bir o‘zbekistonlik hakam Zilola Rahmatova yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!