
Van Gal "Chelsi"ni boshqarishga, Konte esa "Chelsi"dan ketishga tayyor
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte chempionlik mavsumidan so‘ng rahbariyat bilan kelisha olmay kelmoqda. Bu jamoaning ayni damda ko‘rsatayotgan natijalariga bog‘liq emas. Shu bois italiyalik mutaxassis mavsum yakunini kutmasdan “aristokratlar” bilan hamkorlikni to‘xtatishga tayyor.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga qaraganda London klubida Konteni almashtirishi mumkin bo‘lgan mutaxassis nomzodi ham allaqachon ma’lum. Unga ko‘ra 66 yoshli gollandiyalik mutaxassis Lui van Gal ushbu lavozimda ishlashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Lui van Gal MYudan iste’foga chiqarilgach yana APLga qaytish niyatida ekanligini aytib o‘tgan edi.
Fikrlar